Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan O‘zbekistonda buxanka non narxi oshadi

Ertadan O‘zbekistonda buxanka non narxi oshadi

Vazirlar Mahkamasi kecha, 13-sentabr kuni «Mamlakatimiz aholisnni va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2018-yil 15-sentabrdan boshlab bir kilogramm 1-nav bug‘doy unini ulgurji sotish narxi 1 400 so‘m miqdorida belgilandi. Qolipli nonni talab va taklif asosida shakllantiriladigan erkin bozor narxi bo‘yicha sotish tartibi belgilandi. Ya’ni endi narxni davlat emas, sotuvchilar bozorga qarab belgilaydi.

Shuningdek, «O‘zdonmaxsulot» AK korxonalari tomonidan spirt ishlab chiqaruvchilar va chorvachilik (parrandachilik, baliqchilik) korxonalariga don, shuningdek, oliy navli bug‘doy uni birja savdolari orkali cheklovlarsiz sotiladi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda un narxi shakllanishi yuzasidan amaliy monitoring o‘rnatadi, 2018-yil 1-noyabrgacha 1-nav bug‘doy uni uchun ulgurji sotish narxini belgilash tartibini bekor qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring