Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ETTB O‘zbekistonga 70 million dollar berishni ma’qullagan

ETTB O‘zbekistonga 70 million dollar berishni ma’qullagan

Foto: «Srgazeta.ru»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida «Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari kanalizatsiya tizimlarini qurish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, YeTTB tomonidan Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari kanalizatsiya tizimlarini qurish loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 18 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 70,0 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz berilishi ma’qullangan.

Ta’kidlanishicha, loyihaning umumiy qiymati 85,13 mln AQSh dollari, uni amalga oshirish davri esa 4 yil, ya’ni 2020-2023-yillarni tashkil etadi.

Joriy yil 1-dekabrga qadar qaror loyihasi bilan tanishish, fikr va mulohazalarni ushbu havola orqali qoldirish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring