Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona hokimi Namangan ahlini tabrikladi

Farg‘ona hokimi Namangan ahlini tabrikladi

Xayrullo Bozorov

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov namanganlik paxtakorlarni yillik shartnoma majburiyatini bajargani bilan tabrikladi.

«Qadrli, mehnatkash, zahmatkash, lafzi halol namanganliklar!

Siz qadrdonlarni shu kunlarda o‘ta mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnatingiz evaziga 200  ming tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, shartnoma majburiyatingizni ado etganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Bu yilgi mavsumda pandemiya sharoitida vujudga kelgan murakkab muammo va qiyinchiliklarga qaramay har qachongidan ham ko‘proq kuch va imkoniyatlarni safarbar etib, ishni oqilona va samarali tashkil etib, o‘zini ayamasdan jonbozlik ko‘rsatgan barcha hokimlar boshchiligidagi sektor rahbarlari, klasterlarga, fermer va dehqonlarimizga, suvchi va mexanizatorlarga, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mutaxassis va mutasaddilariga, ko‘pni ko‘rgan oqsoqol faxriylarimizga minnatdorlik bildiraman va barchangizni bag‘rimga bosib qolaman.

Barchangizga mustahkam sog‘lik-salomatlik, mas’uliyatli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.

Namanganimiz xirmoni yuksalaversin!» — deyiladi Xayrullo Bozorov tabrigida.

O‘z navbatida, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov farg‘onaliklar va Xayrullo Bozorovga tabrik uchun minnatdorlik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring