Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Qashqadaryoda gaz qazib chiqarish holatini o‘rgandi (foto)

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Qashqadaryoda gaz qazib chiqarish holatini o‘rgandi (foto)

«O‘zbekneftgaz» AJ raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari jamiyatga tegishli konlarda geologik izlov-qidiruv ishlari, gaz quduqlarini burg‘ilash va kapital ta’mirlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, ularning samaradorligi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini o‘rganish maqsadida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

Jamiyat tomonidan 2021 yil oktyabr – dekabr oylarida, shuningdek, 2021-2022 yil kuz-qish mavsumida Respublikamiz aholisiga muntazam tabiiy gaz, suyultirilgan gaz yetkazib berishni ta’minlash hamda iqtisodiyot tarmoqlarining neft va gaz mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni oshirish borasida yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Sho‘rtan» konida tashkil etilgan shtabda departament boshliqlari, boshqarma direktori, o‘rinbosarlari va mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, Sho‘rtan regionidagi konlarda olib borilayotgan geologik izlov-qidiruv ishlari doirasidagi ishlar muhokama qilindi.

Xususan «Sho‘rtan» konida uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish bo‘yicha olib borilayotgan 3D seysmika-geofizika ishlari holati o‘rganilib, oktyabr oyida mintaqaning chuqur qismida joylashgan strukturalarni aniqlash uchun 2 ta izlov-qidiruv quduqlarining o‘rnini belgilash, burg‘ilash ishlarini boshlash bo‘yicha tegishli departament boshliqlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, geologik izlov-qidiruv Dasturi doirasida «Yettiquduq», «Bo‘talabuloq», «Oydin», «Niyoz» kabi istiqbolli maydonlarida qazilayotgan ilzov-qidiruv quduqlarida burg‘ilash ishlarini tezlashtirib yakunlash borasida vazifalar belgilab berildi.

2021 yil yakuni bilan uglevodorodlar qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarini bajarish, gaz qazib olishni oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, tadbirlarning samaradorligi ta’minlash uchun konlardagi quduqlarda olib boriladigan burg‘ilash ishlarini tezlashtirish va ularni o‘zlashtirish uchun gaz quvurlarini qurish loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli departament va boshqarma boshliqlariga topshiriqlar berildi.

Quduqlardan gaz qazib olishni jadallashtirish bo‘yicha quduqlarni kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarini olib borishdagi muammolar muhokama qilinib, intensifikatsiya ishlarida yangi texnologiyalarni keng qo‘llash va muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga rejalar belgilab berildi.

Yig‘ilish davomida Sho‘rtan bosh inshoati qurilmalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan «yo‘l xaritasi»ning ijro holati ham muhokama qilinib, unda belgilangan ishlarning samaradorligi baholandi va «yo‘l xaritasi»da belgilab olingan keyingi bosqichdagi ishlarni amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib boshqarma rahbariyati va departament boshliqlariga «yo‘l xaritasi» bandlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish vazifalari berildi.

Shu bilan birgalikda «Ishchi guruh» kondagi yangi quduqlarni burg‘ilash qurilmalarida va quduqlarni kapital ta’mirlash uskunalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring