Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Buxoro regionidagi tabiiy gaz qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi (foto)  

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Buxoro regionidagi tabiiy gaz qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi (foto)   

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari Ustyurtdan Buxoro viloyatiga yo‘l oldi hamda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

Konlarda va quduqlada gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish hamda belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha ishlarning bugungi holatinini o‘rganish maqsadida Gazli regionida «Uchqir» konidagi shtabda Boshqaruv raisi o‘rinbosari, departament boshliqlari, boshqarma direktori, o‘rinbosarlari, kon boshliqlari, mutaxassislar ishtirokida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»da Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida yil oxirigacha rejalashtirilgan ishlarning ijrosi bo‘yicha Boshqarma boshlig‘i Xislat Nazirov hisobot berdi.

«Yo‘l xaritasi»da belgilangan har bir tadbirlarning bajarilishi ko‘rib chiqildi. Tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, ayniqsa, kuz-qish mavsumida aholi, sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz yetkazib berishni barqarorligini ta’minlash uchun quduqlarni burg‘ilash, kapital ta’mirlash va texnologik ob’yektlarni ishga tushirish borasida olib borilayotgan ishlar ijrosi muhokama qilindi.

Yil yakuniga qadar belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi belgilandi va ularni tezlashtirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Gazli boshqarmasiga qarashli kon boshliqlarining o‘tgan 8 oy mobaynida reja ko‘rsatkichlari bajarilishi bo‘yicha hisobotlari tinglandi, yo‘l quyilgan kamchiliklar, reja ko‘rsatkichlarining bajarilmasligi hamda uning sabablari tahlil qilindi.

Rejalashtirilgan chora-tadbirlar, loyihalar taqdimotlari ko‘rib chiqilib, mavjud muammoli masalalarni hal etish uchun zarur choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli departament boshliqlari va boshqarma rahbariyatiga topshiriqlar berildi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlarda bo‘lib, tabiiy gaz qazib chiqarish, uning hajmini oshirish uchun bajarilayotgan yangi quduqlardagi burg‘ilash ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

O‘rganish ishlari an’anaviy tarzda, qurilmalarda, gaz qazib chiqarish quduqlari, texnologik ob’yektlarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning salomatligi, yashashi, ovqatlanishi, ishlashi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish uchun yaratilgan shart-sharoitlar nazorat qilishdan boshlandi.

«O‘zbekneftgaz» AJning o‘z mablag‘lari hisobiga burg‘ilash ishlari olib borilayotgan «Qulbeshkak» konidagi 60-sonli quduq faoliyati o‘rganilib, quduqdagi burg‘ilash ishlarini muddatidan avval, ya’ni 7 kun mobaynida to‘liq yakunlash, quduqni ishlatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Joylardagi rahbarlar avvalo o‘z ishchi-xodimlarining samarali ishlashi uchun belgilangan sharoitni yaratishi va doimiy tarzda uni nazorat qilib borishi bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Boshqaruv raisi eng avvalo ishchi-xodimlarning nafaqat yaxshi ishlashi, ovqatlanishi balki yaxshi ma’naviy hordiq olishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida ishchi-xodimlarni doimiy ravishda material-texnik resurslar bilan ta’minlash lozimligi bo‘yicha «O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari» korxonasi rahbari Ulfat Omonovga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Gazli regionida konlar va maydonlarning qӯshimcha imkoniyatlarini ӯrganish maqsadida geologiya-qidiruv ishlarini, shu jumladan, 3 D seysmik-qidiruv ishlarini jadallashtirish va bu orqali «Uchqir», «G‘arbi», «Tayloq» va «Parsanko‘l» konlarining yangi imkoniyatlarini aniqlash vazifalari ham berildi.

O‘z navbatida, «To‘maris», «Andaqli», «Shorqum», «Hazarbog‘», «Sulaymontepa», «Jayhun», «Karomat», «O‘rtaqum» va «Toshqala» kabi bir qator istiqbolli konlar hamda maydonlarda izlov-qidiruv burg‘ilash ishlarini jadallashtirish orqali uglevodorodlar zaxiralarini o‘stirishni ta’minlash bo‘yicha tegishli boshqarma va departament boshliqlari topshiriqlar berildi.

Ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlamagan kon boshliqlariga, shuningdek, o‘z mansab yo‘riqnomasi bo‘yicha ishlarni tashkil etmagan ayrim mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring