Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamshid Qo‘chqorov: «2020-yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirish kuchaytiriladi»

Jamshid Qo‘chqorov: «2020-yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirish kuchaytiriladi»

Foto: Xabar.uz

Ayni paytda, Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida «2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuni bo‘yicha Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ma’ruzasi tinglanmoqda.

«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, Jamshid Qo‘chqorov 2020-yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirish kuchaytirilishini qayd etgan. Xususan, kelgusi yilda joriy yilga nisbatan sog‘liqni saqlash tizimga sarflanadigan xarajatlar 18 foizga, ta’limga sarflanadigan xarajatlar 10 foizga, ilm-fanni rivojlantirish uchun xarajatlar 47 foizga oshadi.

Shuningdek, ta’lim, tibbiyot tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qariyb 100 ta maqsadli dasturni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring