Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus tufayli O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ortdimi?

Koronavirus tufayli O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ortdimi?

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Yanvar oyida O‘zbekistonga Xitoydan 2659 nafar sayyoh kelgan. Bu esa 2019 yilning yanvariga nisbatan 15,9 foizga ko‘p, demakdir.

O‘tgan oy davomida O‘zbekistonga umumiy hisobda 538360 xorijlik tashrif buyurgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yil boshiga nisbatan 23.1 foizga ko‘proqni tashkil etadi. Sayyohlarning asosiy qismi an’anaviy ravishda MDH davlatlari hisobiga to‘g‘ri keladi — 514 774 kishi. Uzoq xorij o‘lkalardan esa 23 568 sayyoh kelgan.

O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar orasida birinchi o‘rinda Qozog‘iston fuqarolari turibdi — 164 100 kishi. Ikkinchi o‘rinni Tojikiston (137 298) va uchinchi o‘rinni Qirg‘iziston (121 856) egallagan.

Shuningdek Turkmanistondan tashrif buyuruvchilar soni keskin oshgan (118,4 foiz). Yana Bangladesh (200%), Braziliya (266,7%), Irlandiya (383,3%), Shri-Lanka (600%), Mongoliya (1333,3%) va Vetnamdan (1425%) kelayotgan sayyohlarni ham alohida qayd etish lozim.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda koronavirus tarqalgani tufayli sayyohlik sohasida muammo yuzaga kelishi mumkinligi aytilgan edi. Ammo Toshkentdagi mehmonxonalar xo‘jayinlari tomonidan ta’kidlanishicha, aksincha, koronavirus tufayli yurtimizga keluvchilar soni ortgan.

Bunga sabab sifatida Xitoyga borishni rejalashtirgan sayyohlar endi boshqa mamlakatlar, xususan O‘zbekistonga yo‘l olayotgani ko‘rsatilmoqda.

Manba: spot.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring