Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga qaramay eksport-import jarayonlari uzluksiz davom etmoqda

Koronavirusga qaramay eksport-import jarayonlari uzluksiz davom etmoqda

Dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan koronavirus infeksiyasi qariyb 170 ga yaqin mamlakatga kirib bordi.

Yurtimizda ham mazkur virus qayd qilinganidan so‘ng, joriy yilning 16 martidan boshlab Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Ammo, ushbu cheklov O‘zbekiston Respublikasidan tovarlar eksporti yoki mamlakatga tovarlar importini to‘xtatilishini nazarda tutmagan. Shu sababli oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelishi borasidagi ayrim fikr mulohazalar o‘rinsizdir.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining 4 ta tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari orqali 24 soat davomida tovarlarni eksport va importga rasmiylashtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilning 16-24 mart kuniga qadar viloyatga keltirilgan jami 5,15 million AQSh dollarlik tovarlar importi va 6,6 million AQSh dollarlik tovarlar eksporti tez fursatlarda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazildi. Import tovarlarining asosiy qismi guruch, kartoshka, mandarin mahsulotlari va issiqxona asbob uskunlarini tashkil qilgan bo‘lsa, eksport esa sement, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa tovarlardan iborat.

«Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, chetdan keltiriladigan iste’mol tovarlari, xususan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarining importida uzilishlar yo‘q va shu sababli ichki bozorda ularning tanqisligi kuzatilmaydi deb ishonch bilan ayta olamiz», — deyiladi Davlat bojxona xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring