Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank 250 milliard so‘mlik obligatsiyalarini ochiq sotuvga qo‘yadi

Markaziy bank 250 milliard so‘mlik obligatsiyalarini ochiq sotuvga qo‘yadi

2020-yil 10-yanvarda o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish to‘g‘risida xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020-yil 10-yanvarda «O‘zbekiston respublika valyuta birjasi» aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida Markaziy bank obligatsiyalarini quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

Auksionda joylashtiriladigan obligatsiyalar rekvizitlari:

  • Obligatsiya turi: Markaziy bank obligatsiyalari;
  • identifikatsion raqam: 22001CBUSS;
  • bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
  • joylashtirish sanasi: 2020-yil 10-yanvar;
  • chiqarilish hajmi: 250 000 000 000 (ikki yuz ellik milliard) so‘m;
  • muomala davri: 180 kun;
  • obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2020-yil 10-iyul;
  • foiz stavkasi: yillik 16%;
  • kupon davri: 3 oy.

Kupon to‘lovlarini amalga oshirish sanalari:

  • birinchi davr: 2020-yil 10-aprel;
  • ikkinchi davr: 2020-yil 10-iyul;
  • Auksion o‘tkazish shartlari:
  • arizalarni qabul qilish vaqti: 09:30 – 11:30;
  • arizalarni qondirish vaqti: 15:00 – 16:00;
  • to‘lov valyutasi: so‘m;
  • auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
  • bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring