Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliardlik obunachilari bor internet platformalarida O‘zbekiston reklama qilinadi

Milliardlik obunachilari bor internet platformalarida O‘zbekiston reklama qilinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mamlakatimizda hozirgi turizm mavsumi qisqaligi, uni uzaytirish bo‘yicha salohiyat juda katta ekani ta’kidlandi.

Toshkent, Jizzax viloyatlarida qishki mavsumda – toqqa chiqish, chang‘i uchish maydonlarini, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida yozgi mavsumda – cho‘milish maskanlarini tashkil etib, turistik mavsumga yana ikki oy qo‘shish mumkin.

Shu munosabat bilan tegishli vazirliklar va mutasaddilarga festival va madaniyat tadbirlarini ko‘paytirish, qishki, ekologik turizmni rivojlantirish, qo‘riqxona, tabiat bog‘lari va tabiat yodgorliklari imkoniyatidan foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ichki turizm bo‘yicha muallimlar va tibbiyot xodimlari uchun alohida dasturni tasdiqlab, ularning yurtimiz bo‘ylab sayohati va dam olishlarini tashkil qilishni boshlash topshirildi.

Bu yil mamlakatimizning boy madaniyati va turistik salohiyatini jahonga targ‘ib qilish yili bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Buning uchun 100 milliard so‘m ajratildi.

«O‘zbekiston tashrif qog‘ozi»ni ishlab chiqib, turizm brendini yangilash, xorijiy telekanallarda «O‘zbekiston tashrif qog‘ozi»ni efirga uzatish, AQSh, Xitoy, Arab davlatlari, Yaponiya, Koreya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya, Qozog‘iston kabi mamlakatlarning yirik shaharlari gavjum ko‘chalaridagi ekranlarda «O‘zbekiston turizm brendi» haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish, milliardlik obunachilari bor internet platformalarida O‘zbekiston haqidagi reklama roliklarini ko‘paytirish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring