Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy bank» va Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi seminar o‘tkazdi

«Milliy bank» va Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi seminar o‘tkazdi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 9 dekabr kuni O‘zmilliybank Bosh ofisida 2019 yil 27 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlarni to‘g‘risida»gi PF-5729-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-sonli Farmoni ijrosi hamda O‘zmilliybankning 2019 yil 3 dekabrdagi 215-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Milliy bankining Korrupsiyani oldini olish bo‘yicha tuzilgan komissiyasi tomonidan «O‘zmilliybank tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi» ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi»ga asosan tashkil etildi.

O‘zmilliybank Bosh ofisida bo‘lib o‘tgan seminarda Milliy bank rahbariyati va Bosh prokuratura xodimlari ishtirok etdi. Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha departamentining mas’ul xodimi Xodjayev A. tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish qonunchiligi mavzusida ma’ruza qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini yuksaltirish maqsadida, 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilinganligi aytib o‘tildi. Unga ko‘ra, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishi belgilangan.

Ushbu mavzudagi seminar nafaqat Bank Bosh ofisida, balki bir kuning o‘zida O‘zmilliybankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi, barcha viloyat bo‘limlari va filiallarda ham tashkil etildi.

Milliy bank Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring