Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy bank» Visa Direct innovatsion xizmat turini yo‘lga qo‘ydi

«Milliy bank» Visa Direct innovatsion xizmat turini yo‘lga qo‘ydi

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

O‘zmilliybank ilk bora Visa to‘lov karta egalari uchun Visa Direct innovatsion xizmat turini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu xizmat Visa International xalqaro to‘lov tizimining shartlari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi va kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini Milliy mobil ilovasida amalga oshirish imkonini beradi.

Endilikda bank mijozlari – Visa kartalari egalari o‘z yaqinlari va do‘stlariga O‘zbekiston bo‘ylab hamda MDHda ortiqcha qog‘ozbozliksiz, navbat va boshqa qiyinchiliklarsiz 24/7 rejimida pul o‘tkazishlari mumkin. Pul o‘tkazish uchun Visa kartasi egasining karta raqamini bilish kifoya.

Yangi xizmat ko‘plab qulayliklarni taqdim etadi. Jumladan, pul o‘tkazuvchi bank bo‘limlariga borishi, qabul qiluvchining aniq rekvizitlarini bilishi shart emas, shu o‘rinda qabul qiluvchi ham pul o‘tkazmasini olish uchun bankka borishi shart emas, mablag‘ karta hisobiga kelib tushadi. Internetda bunday o‘tkazmalar – bank o‘tkazmasini amalga oshirishning oson va qulay usuli, mijozdan minimal ma’lumot va harakat talab qiladi.

Milliy mobil ilovasida Milliy bank Visa kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari bepul. Milliybank Visa kartalaridan O‘zbekiston va MDH mamlakatlaridagi istalgan banklarning Visa karatlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda 0,5 % miqdorida komissiya olinadi. Bitta kartadan pul o‘tkazish operatsiyalari bo‘yicha cheklov qo‘yilgan. Belgilangan limit sutkasiga 500 AQSh dollariga teng.

Visa Direct – bu Visa global tarmog‘ining tezligi, iqtisodiy samaradorligi va istalgan joyda operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi faktordan foydalangan holda real vaqt rejimida to‘lovlarni amalga oshiruvchi texnologiya hisoblanadi. Pul turli banklar o‘rtasidagi Visa kartasiga o‘tkazilsada, darhol karta hisobiga kelib tushadi.

Milliy bank O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri bo‘lib, uning strategiyasiga ko‘ra, mijozning talab va takliflaridan kelib chiqib faoliyat olib borish bankning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, bank xizmatlari sifatini oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatishning amaldagi tartiblarini modernizatsiya qilish, shuningdek, bank mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish bo‘yicha maksimal sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, aholi o‘rtasida bankka nisbatan ishonchni oshirishga qaratilgan. Bankning ish tizimi shunday tuzilganki, bank xizmatlarini taqdim etish tezroq va osonroq amalga oshiriladi. Yangi Visa Direct xizmati nafaqat mahalliy va xalqaro naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirishdagi muhim qadam, balki bank strategiyasini amalga oshirilayotganining aniq ko‘rsatkichidir.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring