Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy bank»ning Samarqand bo‘limi faoliyatiga nazar (foto)

«Milliy bank»ning Samarqand bo‘limi faoliyatiga nazar (foto)

Foto: Sherzod Ikramutdinov

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Samarqand viloyat bo‘limi 1992 yilda tashkil etilgan edi. O‘tgan vaqt davomida bo‘lim faoliyati rivojlantirildi va bir qator tumanlarda filiallar tashkil etildi.

Eng muhimi, ushbu tarmoqlarning barchasida avvalo mijozlar qulayligiga e’tibor qaratilmoqda. Tashrif buyuruvchilarga imkon qadar tez xizmat ko‘rsatilmoqda.

Ayni vaqtda mijozlar soni 325 795 nafardan iborat. Shulardan yuridik shaxslar 29 902 ta bo‘lsa, jismoniy shaxslar 295 893 nafar. Yil boshiga nisbatan mijozlar soni 17 286 nafarga ko‘paydi.

Yil boshidan buyon barcha manbalar hisobidan ajratilgan kreditlar summasi 805.9 million so‘mni tashkil etadi. Shundan xorijiy valyutada 55,0 million AQSh dollari va 5,0 ming Yevro bo‘lsa, milliy valyutada 237,9 million so‘mdan iborat. Xorijiy kredit liniyalari asosan Xitoy Davlat Taraqqiyot banki va Osiyo Taraqqiyot banki tomonida ajratiladi.

E’tiborli tomoni, bank tomonidan viloyat uchun muhim bo‘lgan tarmoq — meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Milliy bank ko‘magida ish boshlagan mana shunday korxonalardan biri haqida Xabar.uz’da reportaj tayyorlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring