Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida yordam bermoqchi

Misr O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida yordam bermoqchi

Foto: «The World News»

2019-yilning 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Qohira shahriga tashrif doirasida Misr Savdo va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmad Antar va Investitsiyalar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Reda Bebars bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsion va sanoat sohalaridagi hamkorligini faollashtirishning amaliy masalalari 2018-yilning sentyabr oyida Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan iqtisodiy kelishuvlarning bajarilishi nuqtai nazaridan muhokama qilindi.

Uchrashuvda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Misr hukumatlararo komissiyasi 7-majlisining kun tartibi va amaliy jihatlari, uning doirasida biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlarining Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Misr tomoni O‘zbekiston mahsulotlari eksport hajmini oshirish uchun Misrning Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan amaldagi erkin savdo rejimida berilgan imkoniyatlardan foydalanishni taklif qildi.

Bundan tashqari, Misr xalqaro Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim/Jahon savdo tashkilotining asoschilaridan biri sifatida O‘zbekistonning JSTga kirish masalasida har tomonlama yordam berishga tayyorligi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi «O‘zbekiston-Misr: iqtisodiy hamkorlik istiqbollari» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ham ishtirok etdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring