Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mo‘ynoqdagi qayta ta’mirlangan quduqdan tabiiy gaz va gaz kondensati olinmoqda

Mo‘ynoqdagi qayta ta’mirlangan quduqdan tabiiy gaz va gaz kondensati olinmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Sharqiy Berdaq» konidagi bir qancha quduqlarda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, 39-sonli quduqda ham kapital tamirlash ishlari olib borildi. «O‘zneftgazquduqta’mirlash» AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital ta’mirlashdan so‘ng, quduq ishga tushirildi.

Ushbu quduqda 1842-1845m, 2005-2007m, 2048-2053m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 100-120 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Sharqiy Berdaq» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2002 yilda ishga tushirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring