Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi qurilishlarga Xitoy kompaniyasini jalb qilmoqchi

Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi qurilishlarga Xitoy kompaniyasini jalb qilmoqchi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Country Garden Group xamda Bright Dream Robotics kompaniyalari vitse-prezidenti Szyanmin Dju bilan muloqo qildi. Uchrashuv bunyodkorlik va qurilish sohasidagi loyihalarga investitsiya kiritish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Szyanmin Dju xolding tomonidan amalga oshirilgan loyihalarga e’tibor qaratib, ularning soni bugungi kunda 700dan ortganligini qayd etdi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistonda va uning poytaxtida keng ko‘lamli binokorlik ishlari bajarilayotganligi haqida ma’lumot berib, bu borada Country Garden Holdings kompaniyasining tajribasidan foydalanish hamda investitsiyalarini jalb qilish taklifini bildirdi.

Uchrashuvda Xitoy tomoniga Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlar haqida ma’lumot berildi va bu yo‘nalishdagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalasi muhokama etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring