Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili nega oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshdi?

O‘tgan yili nega oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshdi?

2017 yilda oziq-ovqat narxlarining 2016 yilga nisbatan nomutanosib o‘sishi kuzatildi.

Foto: «Norma.uz»

Markaziy bank o‘z saytida Pul-kredit siyosati sohasida 2017-yilning IV choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar e’lon qildi.

Xususan, 2017-yilning yoz oylarida oziq-ovqat narxlarining mavsumiy pasayishi 2016-yilga nisbatan sezilarli darajada past bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilning kuz-qish mavsumidagi o‘sish sur’atlari 2016 yil ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘ldi.

Shuningdek, 2017-yilda oziq-ovqat narxlarining 2016-yilga nisbatan nomutanosib o‘sishi kuzatildi. Xususan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sish sur’atlari 2016-yildagi 10,1 foizdan 2017-yilda 16,1 foizgacha tezlashgan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,3 foizdan 15,9 foizgacha oshdi.

Narxlarning sezilarli o‘sishi go‘sht, tuxum, shakar, sut, o‘simlik yog‘lari hamda meva va sabzavot mahsulotlari (olma va nok, pomidor, bodring, kartoshka va boshqalar) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlaridan qurilish materiallari, shaxsiy gigiyena mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal narxlarining o‘sganini qayd etish mumkin.

Ichki iste’mol bozoridagi narxlar o‘sishi nomonetar omillarning ta’siri, tashqi savdoning erkinlashtirilishi natijasida ichki narxlarning qo‘shni davlatlardagi narxlar darajasigacha o‘sishi, mahsulotlarni import qilishda sust raqobat muhiti hamda qurilish mahsulotlariga bo‘lgan ichki talabning oshib borishi bilan izohlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring