Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 11 oyda to‘qimachilikdan qancha foyda ko‘rgani ochiqlandi

O‘zbekiston 11 oyda to‘qimachilikdan qancha foyda ko‘rgani ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 2,8 mlrd AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,1 foizini tashkil etgan.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (41,3 foiz), kalava-ip (40,7 foiz) asosiy ulushni egallagan.

Yil boshidan 626 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 63 ta davlatiga eksport qilingan. Natijada, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 1,2 mlrd.

Kalava-ip – 1,1 mlrd

Trikotaj mato – 284,8 mln

Gazlamalar – 164,8 mln

Paypoq mahsulotlari – 56,9 mln

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring