Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston mol go‘shtini qaysi davlatlardan sotib olmoqda?

O‘zbekiston mol go‘shtini qaysi davlatlardan sotib olmoqda?

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 141,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.

Qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,8 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar:

- Belarus – 17,1 ming tonna
- Qozog‘iston – 11,6 ming tonna
- Braziliya – 1,4 ming tonna
- Hindiston – 967 tonna
- Rossiya – 791 tonna

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring