Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston narx-navo oshishi bo‘yicha Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston narx-navo oshishi bo‘yicha Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida 1-o‘rinni egalladi

2019-yil yanvar-avgustda O‘zbekistonda narx-navo 8,2 foizga ko‘tarildi.

Mamlakatimiz joriy yilning ilk 8 oyida iste’mol narxlari o‘sishi bo‘yicha sobiq ittifoq davlatlari orasida 1-o‘rinni egallagan. Bu borada 2-o‘rinni Tojikiston (5,8 foiz), 3-o‘rinni Moldova (4 foiz) egallagan.

Yuqorida keltirilgan davlatlardan inflyasiya miqdori kamroq Gruziyada (3,1 foiz), Qozog‘istonda (3 foiz), Belarusda (2,9 foiz) va Ukrainada (2,7 foiz) qayd qilingan. Keyingi o‘rinlarni Estoniya (2,6 foiz), Rossiya (2,4 foiz), Latviya (2,3 foiz), Litva (1,4 foiz), Ozarboyjon (0,6 foiz) va Qirg‘iziston (0,3 foiz) egallagan. Armanistonda esa, aksincha, deflyasiya (2,3 foiz) kuzatilgan. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan.

Avgust oyida Qirg‘iziston (0,03 foiz), Qozog‘iston, Latviya (0,2 foizdan), Gruziya (0,5 foiz), Estoniya (0,7 foiz), Tojikiston (0,9 foiz) va O‘zbekistonda (2,9 foiz) inflyasiya qayd qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring