Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlari nimalarga kelishib olishdi?

O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlari nimalarga kelishib olishdi?

Foto: «Uza.uz»

Turkiston shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning XIX yig‘ilishi hamda Hududlararo hamkorlik III forumi bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi besh yil ichida O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 6 barobar oshib, 1048 taga yetdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi 4 yilda qariyb 60 foiz o‘sib, yiliga 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning topshiriqlariga asosan Hukumatlar rahbarlari zimmasiga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2022-yilda 5 milliard dollarga, keyingi 5 yilda esa 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha vazifa yuklatilgan.

Ushbu maqsadga erishish uchun qo‘shma ulgurji tarqatish markazlarini yaratish loyihasini imkon qadar tezroq amalga oshirish kerakligi belgilandi.

Shuningdek, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, yengil sanoat, mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilish muhim ahamiyatga ega.

Ikki davlat chegaradosh hududida tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi (XSKM) mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim nuqtaga aylanishi mumkin.

Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish ham ikki tomon uchun birdek manfaatlidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring