Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda har yili qo‘shimcha 61 ming tonna propan-butan aralashmasi ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda har yili qo‘shimcha 61 ming tonna propan-butan aralashmasi ishlab chiqariladi

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan «Sho‘rtan» neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1,2,5) modernizatsiya qilish» bo‘yicha qiymati 49 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun Ukrainaning «Sumskoye NPO», Rossiyaning «KMPO», «NIPI NG PETON», «Elektrostandart-pribor», Shveysariyaning «Endress+Hauser» va boshqa chet el zavodlarida ishlab chiqarilayotgan uskunalar import asosida xarid qilinadi.

Uskunalar bo‘yicha tayyorlash ishlari boshlangan bo‘lib hozirda siquv kompressori stansiyasining bir nechta almashuvchi ichki qismlari, ZRA va KIPiA uskunalari, past kuchlanishli elektr uskunalari, suyultirilgan gazni saqlash sig‘imlari, separatorlar, laboratoriya jihozlari kabi uskunalar olib kelingan.

«Muborakneftgazmontaj» MChJ bosh pudratchi sifatida qurilish ishlarini amalga oshirmoqda va joriy yilning sentyabr oyiga qadar barcha ishlar yakunlanishi ma’lum qilindi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring