Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda naqd pul tushumi: qaysi yo‘nalishning ulushi qancha?

O‘zbekistonda naqd pul tushumi: qaysi yo‘nalishning ulushi qancha?

Foto: «UzReport»

O‘tgan 2017-yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar hajmi 39,5 trln. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank sharhida ma’lum qilindi.

Jami naqd pul tushumlarida tovarlarni sotishdan ulush 47 foizni (18,7 trln. so‘m), pullik xizmat ko‘rsatish sohasidan tushum – 15 foiz (5,9 trln. so‘m), aholining bank omonatlariga joylashtirgan pullari – 14 foiz (5,6 trln. so‘m), soliqlar va boshqa majburiy yig‘imlar – 11 foiz (4,2 trln. so‘m), boshqa sohalardan tushum – 13% (5,1 trln. so‘m)ni tashkil etdi.

Avvalroq mamlakatimizda naqd pul tushimiga o‘tgan yilning sentyabr oyida xorijiy valyutani sotish va xarid qilishning erkinlashtirilishi naqd pul muomalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar qilgan edik.

Ma’lum bo‘lishicha, iyul-dekabr oylarida bank kassalariga 27,7 trln. so‘m tushib, yanvar-iyun oylariga nisbatan 15,9 trln. so‘m yoki 2,3 martaga ko‘paygan.

Shundan, tovarlarni sotishdan tushgan naqd pullar hajmi 7,8 trln. so‘m yoki 2,4 barobar, pullik xizmat ko‘rsatish sohasidan 2,4 trln. so‘m yoki 2,4 barobar, aholining bank omonatlariga topshirgan pullari 800 mlrd. so‘m yoki 1,3 barobar, soliqlar va boshqa majburiy yig‘imlar 2,5 trln. so‘m yoki qariyb 4 barobar va boshqa sohalardan tushumlar 2,4 trln. so‘m yoki 2,9 barobarga oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring