Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi milliy raqamli bank ochiladi

O‘zbekistonda birinchi milliy raqamli bank ochiladi

Illyustrativ foto

«ANOR BANK» AJga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida «ANOR BANK» aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, «ANOR BANK» O‘zbekistonlagi birinchi milliy raqamli bank bo‘lishi kutilmoqda.

Bunda mijoz bankka bormaydi, shunchaki barcha xizmatlar masofadan, onlayn ravishda ko‘rsatiladi. Bunda mijozga xizmat ko‘rsatish tunu-kun ishlovchi kontakt-markaz yordamida, masofaviy kanallar orqali dunyoning istalgan nuqtasidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bank ofisiga «borgisi kelib qoladigan» mijozlar uchun Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi ham faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring