Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga oliy ma’lumotli yosh mutaxassislar qabul qilindi

«O‘zbekneftgaz»: Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga oliy ma’lumotli yosh mutaxassislar qabul qilindi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning 2021-yil 31-may kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha yoshlar ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazilgan edi.

Ushbu uchrashuvda aksariyat yoshlar oliy ma’lumotli bo‘lishiga qaramay hozirda ishsiz ekanliklarini bildirib, Buxorodagi neft va gaz sohasidagi korxonalarga ishga kirish uchun imkoniyat berilishini so‘rashgan.

Boshqaruv raisi o‘z navbatida soha bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yoshlarga imkoniyat berilishini ma’lum qilib, korxonalarda bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov o‘tkazilishini bildirgan edi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi topshirig‘iga binoan, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi bo‘sh ish o‘rinlarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida nomzodlar o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazildi.

Oliy ta’lim muassasalarini tugallagan jami 89 nafar yosh mutaxassislardan 11 ta yo‘nalish bo‘yicha ya’ni, burg‘ilash, geologiya, qazib chiqarish, marksheyder, mexanika, texnika xavfsizligi, texnologiya, xaridlar, ekologiya, gazni qayta ishlash, iqtisodiyot va rejalashtirish yo‘nalishlarida test imtihonlari olindi.

Xususan, joriy yilning 10 iyun kuni boshqarmada bo‘sh lavozimlarga oliy ma’lumotli nomzodlarni tanlab olish ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi.

1-bosqichda talabgorlarning asosiy bilimlarini aniqlash uchun test sinovlari o‘tkazildi. Tartibga ko‘ra, agar talabgor test yakunlari bo‘yicha 70 va undan ortiq ball to‘plasa, u ikkinchi bosqichga kiritilishi mumkin.

2-bosqichda komissiya a’zolari tomonidan test yakunlari bo‘yicha 70 va undan ortiq ball olgan ishtirokchilar bilan suhbat o‘tkazildi.

Yuqori ball to‘plagan yosh nomzodlar bilan «O‘zbekneftgaz» AJ Personalni boshqarish departamenti boshlig‘i Anvar Avezov hamda boshqarmaning mutasaddi rahbarlari ishtirokida suhbat o‘tkazildi. Unda talabgorlarning bilim-saviyasi, ko‘nikmalari, ish tajribalari aniqlandi, Boshqarmadagi va o‘rta bo‘g‘indagi vakant ish o‘rinlari uchun yosh nomzodlar tanlab olindi.

Tanlov natijasiga ko‘ra, 12 nafar nomzod Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi muhandis-texnik xodimlarning bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun tavsiya etildi.

Talabgorlarning 3 nafari texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasiga, 3 nafari geologiya yo‘nalishiga, 1 nafari texnologiya yo‘nalishiga, 1 nafari gazni qayta ishlashga, 2 nafari menejer yo‘nalishi, 1 nafari g‘aznachilik yo‘nalishi va 1 nafari xaridlar yo‘nalishi bo‘yicha turli lavozimlarga munosib ko‘rilib, ularni ishga qabul qilish taklifi komissiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Ta’kidlash joizki, nomzodlarni tanlash jarayoni videokuzatuv yordamida, shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ ijro apparati kuzatuvi orqali amalga oshirildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi topshirig‘iga asosan, Boshqarmada hamda o‘rta bo‘g‘indagi mavjud vakant ish o‘rinlarini to‘ldirish maqsadida, komissiya a’zolari ishga kiruvchi talabgorlardan test imtihonlari olish hamda suhbat o‘tkazish ishlari doimiy ravishda tizimli yo‘lga qo‘yildi.

Mavjud vakant lavozimlarga imtihondan o‘tgan talabgorlar bilan o‘rnatilgan tartibda mehnat shartnomasi tuzilishi hamda ularga murabbiy tayinlanishi belgilandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring