Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» va «Lukoyl» qo‘shma korxona tashkil etadi va geologiya-qidiruv ishlari o‘tkazadi

«O‘zbekneftgaz» va «Lukoyl» qo‘shma korxona tashkil etadi va geologiya-qidiruv ishlari o‘tkazadi

«O‘zbekneftgaz» AJ va uning tizimidagi korxona, zavodlar rahbarlari ishtirokida videoaloqa orqali selektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Boshqaruv raisi tizimda to‘liq karantin qoidalariga amal qilish, ishchi-xodimlarni asrab-avaylash, ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berish, ish joylarni dezinfeksiya qilish, antiseptik va himoya vositalardan to‘liq foydalangan holatda ishlash, nazorat o‘tish joylarida ishchi xodimlarning tana haroratini doimiy o‘lchab borishni mutloqo to‘xtatmaslik borasida topshiriqlar berdi.

Bu borada mavjud zaxira yaratilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan «Sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi» departamenti rahbarining ishi qoniqarsiz deb baholandi va muammolar bartaraf etilmasa jazo choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

2020 yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport bo‘yicha belgilangan natijaga erishish, investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida qilinadigan ishlar muhokama qilindi. Joriy yilda ishga tushiriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Boshqaruv raisi GTL loyihasi doirasida qurilish ishlari dekabr oyida nihoyasiga yetkazilishi kerakligi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan va Gazli neft-gaz qazib chiqarish ob’yektlarida 3 ta suyultirilgan gaz olish quvvatlari sentyabr-noyabr oylarida foydalanishga topshirilishi bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Shuningdek, «Dengizko‘l, Hojidavlat va Sharqiy Olot gaz kondensat konlarini o‘zlashtirish» loyihasi doirasida quduqlarni jihozlash ishlarini yakunlab, sentyabr oyida ob’yekt to‘liq ekspluatatsiyaga topshirilishi belgilandi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida Janubiy Koreyaning «EsKey» kompaniyasi va Amerikaning «Xoneyvel YuOPi» kompaniyasi bilan olib borilayotgan ishlar, «Sokar» va «BiPi» kompaniyalari bilan investitsion bloklarda geologiya qidiruv ishlarini olib borish va o‘zlashtirish, «Lukoyl» kompaniyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi investitsion bloklarida olib boriladigan geologiya-qidiruv ishlari muhokama qilindi va vazifalar belgilab olindi.

Amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan yana biri bu — «Sho‘rtan gaz kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish». Loyihaning qiymati 1,7 mlrd. dollarni tashkil qiladi, bugungi kunda 300 mln. dollarga Gazprombank bilan kredit mablag‘lari hisobiga loyiha moliyalashtirilmoqda, qolgan manbalar aniq emas. Shu boisdan, davlatimiz rahbari mazkur loyihaga davlat kafolatisiz xorijiy kreditlarni, jumladan, Xitoy taraqqiyot bankining mablag‘larini loyihaviy moliyalashtirish asosida jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatma berganliklari aloxida ta’kidlandi.

«2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosini qazib chiqarishni oshirish Dasturi» doirasida alohida Amalga oshirish guruhini (GRP) tashkil etilishi lozimligi va bir hafta muddatga ushbu gurux bo‘yicha takliflarni kiritish borasida rais o‘rinbosarlariga topshiriq berildi.

Geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish, uglevodorodlarning yangi zaxiralarini topish oldimizda turgan eng ustuvor vazifalardan biridir. Shu sababdan, Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda uglevodorod zahirasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriq berildi.

Shu bilan birga, «O‘zbekneftgaz» jamiyati va «Lukoyl» kompaniyasi o‘rtasida tashkil etilayotgan qo‘shma korxonaga geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun istiqbolli investitsion bloklarni aniqlash masalasini jadalshtirish lozimligi aytildi.

Shuningdek, burg‘ulash va qurilish bilan tugatilgan quduqlar ish faoliyatini o‘rganish, bajarilgan ish hajmlari dalolatnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha «Ishchi guruhi»ning amalga oshirayotgan ishlari ham tanqid qilindi.

Boshqaruv raisi mavjud avvaldan to‘lov, joriy qarzdorlik miqdorlari bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolayotgani, debitor qarzdorligi bo‘lgan tashkilotlar bilan qarzdorlikni undirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmayotganini tanqid qilib bu bo‘yicha tegishli mas’ullarni ogohlantirdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring