Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmetkombinat»da o‘rtacha oylik 3 million so‘mdan oshdi

«O‘zmetkombinat»da o‘rtacha oylik 3 million so‘mdan oshdi

Foto: «O‘zmetkombinat» AJ

«O‘zmetkombinat» AJ 2019-yilning avgust oyida xodimlarning ish haqini oshirgandi, ularning soni esa 10 ming nafardan ortiq, deb xabar berdi korxona matbuot xizmati.

Bugungi kunda «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyodagi yirik sanoat ob’yektlaridan biri sanaladi. Korxona tomonidan ishchi xodimlar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z ijtimoiy majburiyat dasturi amalga oshirilmoqda. Qolaversa, Bekobodda uy-joy va tegishli infratuzilmalar qurilmoqda.

«Korxona o‘z xodimlarining maoshini muntazam oshirib kelmoqda. 2018-yilning noyabr oyida maoshlar o‘rtcha 17 foizga indeksatsiya qilindi. 2019-yilning avgustida o‘rtacha ish haqi o‘tgan yilning shu davri (2018-yilning avgust oyi)ga nisbatan 30 foizga oshirildi. Oxirgi oshirishdan so‘ng korxonadagi o‘rtacha ish haqi 3 million so‘mdan oshdi va bu hali oxiri emas. Kombinat tomonidan o‘z rivojlanish dasturi faol amalga oshirilmoqda, quvvatlar modernizatsiya qilinmoqda va mahsulot ishlab chiqarish tobora oshmoqda. Buning natijasida ish samaradorligi oshib, xarajatlar qisqarmoqda. Qo‘lga qiritilgan daromad va tejalgan mablag‘lar oylik maoshlarini oshirish va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishga sarflanadi», – deya ma’lum qildi kombinat rahbariyati vakili.

2018-2019-yillarda 235 nafar metallurgga Bekobodning ko‘p qavatli uylaridan xonadon sotib olishga kreditlar ajratilgan. Bu maqsadga 8 milliarddan ortiq mablag‘ sarflangan.

Metallurglar salomatligiga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda. 2019-yilda qariyb 1938 nafar kishi sanatoriy va profilaktoriylarga imtiyozli yo‘llanmani qo‘lga kiritish va o‘z sog‘liqlarini tiklash imkoniyatidan foydalanishgan.

O‘sib kelayotgan yosh avlod ham korxona e’tiboridan chetda qolmagan. 2019-yilda 1440 nafar bolalarning salomatligini mustahkamlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalga 1507 nafar bola qamrab olingan. Ular orasida 242 nafar o‘g‘il va qizlar Toshkent viloyatidagi «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar farzandlari ekanligi alohida e’tirofga loyiq.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda «O‘zmetkombinat »mamlakatimizdagi yagona qora metallurgiya korxonasi hisoblanadi. 2019-yilning mart oyida korxona qurilganiga 75 yil to‘ldi.

2017-yilning iyul oyida ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan ishonchli boshqaruvchi sifatida xorijning SFI Management Group kompaniyasi jalb qilingan edi. Natijada 2018 -yilda Bekobodliklar po‘lat va mis ishlab chiqarishda yuqori natijalarni ko‘rsatishdi. 911 ming tonna elektropo‘lat ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2017-yilga nisbatan ishlab chiqarish sur’ati 137.9 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, kombinatda 1.06 million tonnadan ortiq prokat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilga qaraganda 45 foizga ko‘proqdir.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring