Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ omonatchilari diqqatiga

«O‘zmilliybank» AJ omonatchilari diqqatiga

«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» aksiyadorlik jamiyati mamlakat rahbariyatining karantin shartlariga rioya qilish bo‘yicha talablarini bajarish hamda hozirgi vaqtda bank muassasalariga borish imkoni bo‘lmagan omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida 2020 yil 10 apreldan boshlab saqlash muddati aprel-may oylarida tugaydigan milliy va xorijiy valyutadagi muddatli va jamg‘arma omonatlarining (Milliy mobil ilovasida ochilgan omonatlardan tashqari) saqlash muddati avval tuzilgan shartnomalar shartlarida Bank tomonidan 2 oyga prolongasiya qilinishini/uzaytirilishini ma’lum qiladi.

Ko‘rsatilgan qo‘shimcha saqlash muddati mobaynida omonatchi omonatni yopish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, foiz to‘lovlari har bir qo‘shimcha saqlangan kun uchun shartnomada ko‘rsatilgan yillik foiz stavkasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ko‘rsatilgan sanada saqlash muddati tugagan omonatlar egalari (Milliy mobil ilovasida ochilgan omonatlardan tashqari) Bank filialiga shaxsan tashrif buyurish orqali yoki omonat rasmiylashtirilgan filialning elektron pochtasiga (https://nbu.uz/uz/about-bank/branches-and-atms/) shaxsan qo‘lda yozilgan arizani, unga pasport va omonat daftarchasining nusxasini ilova qilgan holda, mudatli yoki jamg‘arma omonatning yangi shartnomasini tuzishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

• (+998) 933-807-888;
• (+998) 933-827-888;
• (+998) 933-837-888;
• (+998) 933-897-888;
• (+998) 933-835-505;
• (+998) 933-875-505.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring