Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zmilliybank Farg‘onada qanday maqsadlar uchun kredit ajratmoqda?

O‘zmilliybank Farg‘onada qanday maqsadlar uchun kredit ajratmoqda?

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

O‘zmilliybank tomonidan Farg‘ona viloyat bo‘limi va filiallari tomonidan 2019 yilda ajratilgan kreditlar to‘g‘risida Xabar.uz uchun ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga erishgandan so‘ng mamlakat iqtisodiyotini takomillashtirish borasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar qatoriga iqtisodiyotda kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini takomillashtirishda banklar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni xam kiritish mumkin. Bugungi kunda Respublikamiz iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarining xissasini oshirishga, ularni tashkil etish orqali ko‘plab muammolarni xal etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari xajmini oshirish turli tarmoqlar rivojlanishiga, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshishiga ijobiy ta’sir etadi.

Bugungi kunda O‘zmilliybank viloyat bo‘limi va filiallari tomonidan 25 413 ta yuridik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga hamda 275 063 ta jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish borasida bank tomonidan milliy hamda xorijiy valyutada xorijiy kredit liniyalari hisobidan kredit mablag‘lari ajratish orqali yaqindan yordam berib kelinmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlariga o‘z biznes rejalarini amalga oshirishlari uchun 3001 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari 145,6 mlrd. so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilgan. Bundan tashqari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga eksportni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida dastgohlar sotib olish uchun kredit ajratilmoqda. Buning uchun xorijiy kredit liniyalar mablag‘lari xisobidan 11 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga 5,6 mln. AQSh dollari ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratildi.

Bundan tashqari joriy yil oxiriga qadar bank bo‘limi tomonidan 15 ta kichik biznes sub’yektlariga 5,0 mln. AQSh dollaridan ziyod kredit berilishi maqsad qilingan. Tadbirkorlarga xorijiy kredit yo‘nalishlar mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring