Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Qarshidagi televizor ishlab chiqaruvchi korxonaga bordi (foto)

Prezident Qarshidagi televizor ishlab chiqaruvchi korxonaga bordi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi «Buyuk turon» kichik sanoati zonasida bo‘ldi.

Bu yerda hozircha 2 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Yil oxiriga qadar yana 2 ta loyiha ishga tushiriladi va umumiy ish o‘rinlari soni 1 ming 500 taga yetadi.

O‘tgan yili faoliyat boshlagan «Alp Texno Servis» MChJ yiliga 120 ming dona televizor va monitorlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona JVC, TCL, Zimmer brendlarining auditidan o‘tib, shu nomlar ostida tashqi bozorga chiqmoqda. O‘tgan yili 3 million dollarlik mahsulot eksport qilingan, bu yil ko‘rsatkichni 6 million dollarga yetkazish reja qilingan.

Bu yerda 70 ta ish o‘rni yaratilgan. Yaqinda plata terish hamda plastik qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va yana 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Prezident elektrotexnika mahsulotlari, ularni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Korxona ishchilari bilan suhbatlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring