Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentga qorabayir otlar nasllari namoyish etildi

Prezidentga qorabayir otlar nasllari namoyish etildi

Arxiv foto.

Foto: «Uza.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi «Bek klaster» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxtani qayta ishlash zavodini ham borib ko‘rdi.

Dastlab bu yerda qorabayir otlari, qoramol, echki, tuyaqush, quyon va bedana nasllari namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari bu jonivorlarning mahsuldorligi, tez ko‘payishi, ular har bir oila uchun zarurligiga e’tibor qaratdi. Uy sharoitida chorva va parranda boqishni kengaytirib, odamlarni oziq-ovqat mahsulotlari, qo‘shimcha daromad bilan ta’minlash mumkinligini ta’kidladi.

Prezidentimiz Sirdaryo viloyatiga avvalgi tashrifi doirasida «Bek klaster» korxonasida bo‘lib, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Korxona o‘tgan yili Turkiyaning «SUMER» kompaniyasi bilan hamkorlikda yiliga 60 ming tonna paxtani qayta ishlaydigan zavod barpo etdi.

Klasterlar qishloq xo‘jaligida yetakchi tarmoqqa aylanayotgani, ularning mahsulot yetishtirish va ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi. Davlat-xususiy sheriklik asosida klasterlar uchun kadrlar tayyorlash, yangi loyihalar ishlab chiqib, faoliyat qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Jumladan, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, urug‘chilik va uzumchilikni rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, «Har bir oila – tadbirkor» dasturi bo‘yicha aholining tomorqadan samarali foydalanishini tashkil etishga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Bu loyihalarning amalga oshirilishi yana minglab ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring