Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda qovun eksporti boshlandi

Qashqadaryoda qovun eksporti boshlandi

Ayni kunlarda Qashqadaryoda xushta’m qovun mahsulotlari allaqachon pishib yetilib, chet davlatlariga eksport uchun yuklanib jo‘natilmoqda.

Kuni-kecha Mirishkor tumanida joylashgan «Umarqulov Abduholiqjon» fermer xo‘jaligi tomonidan ekologik toza, mazasi tilni yorar qovunlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilindi. 15 gektar maydonga hosil ekkan ushbu fermer xo‘jaligi tomonidan bugunga qadar og‘irligi 17 tonna 885 kilogramm bo‘lgan, qiymati qariyb 18 ming AQSh dollarilik qovunlar eksporti amalga oshirildi.

Mahsulotlarni eksportga chiqarishda bojxona xodimlari tomonidan karantin qoidalariga rioya etilgan holda bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirilgan tartibda qisqa fursatlarda amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida, chet davlatiga yo‘l olgan mahsulotlarning sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini ta’minlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring