Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qimmatli qog‘ozlarni sotishning maxsus tartibi belgilandi

Qimmatli qog‘ozlarni sotishning maxsus tartibi belgilandi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan qimmatli qog‘ozlar muomalasi maxsus tartibi belgilandi (ro‘yxat raqami 3199, 5.12.2019-yil), deb xabar bermoqda «Norma».

Bundan buyon qimmatli qog‘ozlar muomalasiga faqat ularni joylashtirish tugaganidan keyin yo‘l qo‘yiladi. Ushbu talab quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

  • davlat qimmatli qog‘ozlariga – O‘zbekistonning g‘aznachilik majburiyatlari va Hukumat tomonidan vakolat berilgan organ chiqargan obligatsiyalarga, shuningdek Markaziy bank obligatsiyalariga (ularni joylashtirish va muomalaga chiqarishning o‘z tartibi mavjud);
  • 5 dekabrgacha, ya’ni buyruq chiqquniga qadar muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga.

 Eslatib o‘tamiz, qimmatli qog‘ozlarning muomalasi – qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar, joylashtirish esa – qimmatli qog‘ozlarni ularning dastlabki egalariga berish. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish tartib-taomillari «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonunning 17-moddasiKonvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalasi tartibi to‘g‘risidagi nizomQimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalaga kiritish kvotalari tartibi to‘g‘risida nizom va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Savdolar tashkilotchilari ikki haftalik muddatda o‘z hujjatlarini yangi tartibga muvofiqlashtirishi lozim.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.12.2019 yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring