Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

QQSning ortiqcha summasini qaytarish osonlashdi

QQSning ortiqcha summasini qaytarish osonlashdi

Moliya vazirligi axborot tizimida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustda qabul qilingan «Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 489-sonli qaroriga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimidan Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini qoplash arizalari qabul qilish va to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni takomillashtirildi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur o‘zgarishdan oldin, QQSning ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarishda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan xulosa va unga ilova qilinadigan hujjatlarning taqdim etilishi feld’yegerlik xizmatlari bo‘linmalari tomonidan G‘aznachilikka taqdim qilish va G‘aznachilik xodimlari tomonidan inson omili aralashgan holda dasturga kiritish orqali to‘lab kelingan. Bu jarayon QQS qaytarish uchun ma’lum vaqt va inson omili aralashuvini talab qilgan.

Endilikda yangi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali taqdim etilgan QQS summasini qoplash uchun arizalar asosida shakllangan to‘lov topshiriqnomalar Moliya vazirligi axborot tizimiga elektron ravishda jo‘natiladi va inson omilisiz avtomat ravishda ijro etiladi.

Misol uchun: Davlat Soliq Qo‘mitasi tomonidan 2020-yil 2-oktyabr №1001959893-sonli «UZTEX GROUP» MChJ korxonasi uchun yuborilgan (2 450,0 mlrd. so‘m) xulosa Moliya vazirligi G‘aznachiligiga soat 16:37 da kelib, soat 16:50 da to‘lovi amalga oshirilgan.

Ushbu tizim Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan QQSning ortiqcha summasini bank hisobvarag‘iga o‘z vaqtida qaytarilishini va tadbirkorlar ushbu mablag‘larni korxonaning aylanma mablag‘lariga qo‘shib ishlab chiqarishni oshirishga imkoniyat yaratadi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring