Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz beriladi

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor davomida qurilish materiallari ishlab chiqarilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

— Viloyat hokimlari 24  ta tumanni qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Bunda qurilish materiallari klasterlarini, eng avvalo, yirik korxonalar va mavjud infratuzilmaga yaqin hududlarda joylashtirish zarur. Misol uchun, Chust, Forish, Qorovulbozor, Sherobod tumanlaridagi sement zavodlari, O‘zbekiston tumanidagi noruda konlari infratuzilmasidan foydalanib, bunday klasterlarni tashkil etish kerak, — dedi davlat rahbari.

Yig‘ilish davomida ma’lum qilinishicha, 24  ta tumanda infratuzilmani yaxshilash uchun budjetdan qo‘shimcha 400  milliard so‘m, geologiya ishlarini amalga oshirish esa 100  milliard so‘m ajratiladi.

— Viloyatlar tomonidan qurilish materiallari sohasida 5  milliard dollarlik 1  mingdan ziyod loyiha takliflari shakllantirildi. Viloyat hokimlari yil yakuniga qadar 900  ta loyihani ishga tushirish orqali 25  mingta ish o‘rni yaratishga mas’ul bo‘ladi. Annaqlichev qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari uchun 300  million dollar mablag‘lar jalb qilsin. Bunga qo‘shimcha, loyihalarni kreditlashga davlat tomonidan «Sanoatqurilishbank» orqali qo‘shimcha 200  million dollar ajratiladi. Yangi turdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish uchun tadbirkorlarga 15  milliard so‘mgacha kafillik beriladi (hozirda 8  milliard so‘m), — deya ta’kidlab o‘tdi davlat rahbari.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga bir qator imtiyozlar beriladi. Unga ko‘ra, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha Markaziy bank stavkasidan 10  foizgacha ortiq qismi va xorijiy kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining 50  foizi qoplab beriladi. Qishloq joylaridagi sanoat zonalari hamda konlar va karerlar uchun yer solig‘i 10  baravargacha kamaytiriladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring