Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq so‘zlaydi

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq so‘zlaydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni videoanjuman shaklida o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 14-sammiti ishida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

1985-yilda tashkil etilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bugungi kunda nufuzli mintaqaviy birlashma hisoblanadi. Ushbu ko‘p tomonlama tuzilmaning asosiy maqsadi savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, kommunikatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi va sanoat kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Bugungi kunda 10 ta davlat IHTga a’zo. Bular – O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Afg‘oniston.

Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida o‘tadigan uchrashuvi kun tartibidan COVID-19 dan keyingi davrda mintaqada amaliy hamkorlikni rivojlantirishning  dolzarb masalalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z nutqida mintaqaviy sheriklikni rivojlantirish borasidagi fikr-mulohazalarini bayon etishi, shuningdek, pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish, savdo aloqalarini tiklash, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, transport va logistika, oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, «yashil» iqtisodiyot va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring