Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

18-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari oxirgi yillarda izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Turli darajada samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 45 foizga ortdi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim, madaniyat va turizm sohasidagi almashinuvlar kengaymoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Peter Siyyarto qabul uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan muloqot formatidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ularni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hududlararo aloqalarni rivojlantirish, bank, transport sohalariga oid dastularni amalga oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring