Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga hujjatbozlik umuman kerak emas — bank mas’uli

Aholiga hujjatbozlik umuman kerak emas — bank mas’uli

Joriy yilning 15 dekabr kuni «O‘zsanoatqurilishbank»» tomonidan joriy qilingan yangi xizmatlar taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank rahbariyati, tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

«O‘zsanoatqurilishbank» tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq, bank faoliyatini avtomatlashtirish va xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, samarali infratuzilma yaratish, kreditlashni bozor shartlari asosida amalga oshirish kabi chora-tadbirlar butunlay yangicha mazmunda tashkil etilmoqda», deyiladi bank axborot xizmati press-rilizida.

SQB Boshqaruv Raisining o‘rinbosari Tavakkalov Ulug‘bek Uktamovichning so‘zlariga qaraganda, Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlikda Bankni transformatsiya qilish bo‘yicha yangi biznes model ishlab chiqilgan, Bank xizmatlarining onlayn turlari joriy etilib, kredit va omonatni rasmiylashtirishda hujjatlar sezilarli darajada qisqartirgan, valyuta ayirboshlash va xalqaro xizmatlar o‘tkazmalari amaliyotlarini optimallashtirgan.

Ulug‘bek Tavakkalov yana shunday fikrlarni bildirib o‘tdi: «Pandemiya davrida biz shuni tushunib yetdikki, aholiga hujjatbozlik umuman kerak emas. Mijozning ishi qancha oson bitsa, shuncha talab ortadi. «Underwriting» – kredit ajratishning markazlashgan tizimi bo‘lib, u Bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha hujjatlarning ortiqcha byurokratik to‘siqlarsiz, qisqa muddatda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi».

Bundan tashqari anjumanda «JOYDA» ilovasi haqida ham ma’lumot berildi. Ma’lum bo‘lishicha, «JOYDA» ilovasi ishga tushirilgandan beri (joriy yilning may oyidan boshlab) 130 mingdan ziyod foydalanuvchi tomonidan yuklab olingan.

«JOYDA» platformasi aholiga an’anaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish barobarida, ularni savdo kompaniyalari bilan o‘zaro bog‘lovchi savdo maydonchasi ekanligi bilan qulaylik tug‘dirmoqda, – deydi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Tavakkalov. – Platformada merchantlarning tovarlari kreditga sug‘urta polisi va yetkazib berish xizmati bilan birga tez va qulay sotilmoqda. Agar sotuv sur’ati bugungidek davom etaversa, unda mijozlarga oziq-ovqat savatchasidagi tovar va xizmatlarni yanada keng doirada taklif etish imkoni tug‘iladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tmoqchimanki, biz ilova imkoniyatlarini ham gorizontal, ham vertikal usulda rivojlantirib borish harakatidamiz. Masalan, yaqinda «JOYDA» ilovasida «HumoPay» orqali to‘lov tizimini ishga tushirdik. Mazkur tizim android telefonlarida Humo kartasi orqali xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi».

Anjuman qiziqarli savol-javoblar bilan yakunlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring