Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Televizor, xolodilnik va boshqa elektrotexnika vositalarining eksporti oshiriladi

Televizor, xolodilnik va boshqa elektrotexnika vositalarining eksporti oshiriladi

Foto: Google.com

Hukumat qarori bilan 2019 – 2022 yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilgan.

Mazkur Dasturda elektrotexnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar ishlab chiqarish hajmini, eksport hajmini hamda elektrotexnika sanoatida mis xomashyosini qayta ishlash hajmlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Shuningdek, qaror bilan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni 2,7 baravarga, eksportini 4,3 baravarga va misni qayta ishlashni 5 baravarga ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring