Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonga o‘z avtomobilida kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘lov kamaytirildi

Tojikistonga o‘z avtomobilida kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘lov kamaytirildi

Tojikiston hukumati tomonidan mamlakat hududiga o‘z avtomobilida kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun sug‘urta to‘lovi kamaytirildi.

Endi O‘zbekiston fuqarolari o‘z avtomobilida Tojikiston hududiga o‘tishda 15-20 somoni (tahminan 14000 - 19000 so‘m) to‘laydi, holos. Sug‘urta to‘lovi avtomobil motorining hajmiga bog‘liq.

Avval Tojikistonga o‘tishda O‘zbekiston fuqarolaridan har bir yengil mashina uchun 52 AQSh dollari miqdorida sug‘urta to‘lovi undirilar edi. Xuddi shuncha miqdorda O‘zbekistonga o‘tayotgan Tojikiston fuqarolaridan ham sug‘urta to‘lovi undirilgan.

O‘zbekiston tomoni to‘lovni iyun oyi o‘rtalarida kamaytirdi — 14 iyundan e’tiboran Tojikiston fuqarolari chegaradan o‘tishda har bir yengil mashina uchun 15-20 somoni to‘lab kelmoqda. Endi Tojikiston ham xuddi shunday yengillik joriy etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring