Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TurkSOY — turkiy tilli xalqlar madaniyatini birlashtiradigan tashkilot

TurkSOY — turkiy tilli xalqlar madaniyatini birlashtiradigan tashkilot

Turkiy xalqlar madaniyati xalqaro tashkiloti (TURKSOY) — barcha turkiy tilli xalqlar madaniyati targ‘ibotini olib boradigan tashkilot bo‘lib, turkiy xalqlar birdamligi yo‘lida umumiy boyligimiz bo‘lgan madaniyatimizni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan tashkilotdir.

Xalqaro tashkilotning bosh qarorgohi Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan. Tashkilot ilk bora 1992 yilda Boku va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston madaniyat vazirlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida tashkil topgan. O‘sha uchrashuvlarda vazirlar hamkorlikka kelishib olgan edi.

Natijada 1993 yilning 12 iyulida Olmaota shahrida shartnoma imzolandi va turkiy xalqlar madaniyati va san’ati xalqaro tashkiloti tuzildi.

1996 yildan e’tiboran TurkSOY va Yunesko o‘rtasida rasman hamkorlik boshlandi.

2009 yilda tashkilotga hozirgi rasmiy nom berildi. O‘sha yildan e’tiboran TurkSOY Turkiy kengash tarkibiga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring