Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuxum narxi qachon oshib, qachon tushadi? Parrandachilik haqida biz bilgan va bilmagan ma’lumotlar (video)

Tuxum narxi qachon oshib, qachon tushadi? Parrandachilik haqida biz bilgan va bilmagan ma’lumotlar (video)

«Parrandasanoat» uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Ahmedov Xabar.uz bilan bo‘lgan suhbatda parrandachilik sohasi, tuxumga bo‘lgan talab va narx o‘zgarishi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Mutasaddi tomonidan ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda parrandachilik sohasi aholi ehtiyojidan kelib chiqib rivojlanmoqda. Buni quyidagi raqamlardan bilsa bo‘ladi.

- Bugungi kunda respublikamizda 1300 ta parrandachilik korxonalari mavjud;
- Ushbu korxonalarda yiliga 8 mlrddan ortiq tuxum yetishtiriladi;
- 600 ming tonna go‘sht yetkazib berish imkoniyati mavjud.

Shunga qaramay tuxum va tovuq go‘shtining narxi oshishi kuzatilmoqda. Bu qanday omillarga bog‘liq?

Ulug‘bek Ahmedov tomonidan ma’lum qilinishicha, tovuq go‘shti va tuxumga talab mavsumiy ekanligi kuzatiladi. Ya’ni, ehtiyoj kamaygan payti narx-navo ham mo‘’tadillashadi. Bu yoz fasliga to‘g‘ri keladi. Va qolaversa, tovuqning tuxum qo‘yish payti ham mavsumga bog‘liq. Masalan, tovuqlar bahor faslida tuxum ko‘p qo‘yadi, shu faslda tuxumning narxi mo‘’tadillashadi va hatto arzonlashadi.

– Bugungi kunda Prezedentimiz tomonidan qo‘yilgan masala – parranda ota-ona naslchiligini rivojlantirishni o‘z oldimizga maqsad qildik. Vengriyadan, Belarusdan, Shotlandiyadan ota-onalar galasini olib kelyapmiz. Bizlarda birinchi tartibli ota-ona galasi yo‘qligi uchun import hisobiga yiliga kamida 3 million dona bir kunlik jo‘jalarni olib kelishga majbur bo‘layapmiz, – deydi Ulug‘bek Ahmedov.

Tovuq tuxumini qayerlarga eksport qilayapmiz, boshqa davlatlarda tuxum narxi bizning narxlarimizdan qanday farq qiladi? Ushbu savollarga javob olish uchun Xabar.uz’ning Yutubdagi sahifasidagi ushbu videoni tomosha qiling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring