Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tuya go‘shti yegan qaror»ga rasmiy munosabat bildirildi

«Tuya go‘shti yegan qaror»ga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Tuya go‘shti yegan qaror... Qo‘limda Quyi Chirchiq tuman hokimining qarori, yerdan esa darak yo‘q!» nomli maqolaga Toshkent viloyati hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Quyi Chirchiq tuman hokimining 2018-yil 12-sentyabrdagi 1780-sonli qaroriga asosan «Kuchli tosh» MChJga «Tikuvchilik fabrikasini qurish uchun» Navoiy massivi qishloq xo‘jalik xaritasining 316-konturdagi 11,1 gektar suvli yer maydoni ajratib berilgan.

Hozirgi kunda yer maydonlari TST RICE MChJ ga tegishli.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi «Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 493-sonli (VM-493-sonli qarori bugungi kunda o‘z kuchini yo‘qotgan, yer maydonlarini amalda auksion orqali sotish bo‘yicha VM-1023-sonli qarori qabul qilingan) qarorining 1-bandida 2018-yil 1-iyulidan boshlab barcha yer maydonlari «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Tadbirkorga ajratib berish bo‘yicha qabul qilingan qarorning 3-bandida esa Toshkent viloyati hokimligidan tasdig‘i so‘ralgan va viloyat hokimligi suvli yer maydonlaridan tanlanganligi va barcha yer maydonlari «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotilishini inobatga olgan holda qarorni tasdig‘ini rad qilgan.

Tadbirkorga ishlab chiqarishini tumanda tashkil qilishi uchun barcha sharoitlar mavjudligini va «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasiga qo‘yilgan yer maydonlaridan talabgor sifatida qatnashib tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishi mumkinligini ma’lum qilamiz, deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring