Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ Banklararo birlashmasi Kengashining XVI yig‘ilishida ishtirok etdi

«O‘zmilliybank» AJ Banklararo birlashmasi Kengashining XVI yig‘ilishida ishtirok etdi

Foto: Uznatsbank

2020 yil 30 oktyabrda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Banklararo birlashmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni «VEB.RF» davlat taraqqiyot korporatsiyasi raisi I.I.Shuvalov boshchiligidagi Rossiya tomoni olib bordi. Yig‘ilish davomida Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari A.L.Overchuk va ShHT Bosh kotibi V.I.Norov qutlov nutqi bilan chiqish qildi. Tadbirda ShHTga a’zo davlatlarning yetakchi banklari rahbarlari va taklif etilgan mehmonlar ham qatnashdilar.

ShHT Banklararo birlashmasi Kengashini rivojlantirish institutlari rahbarlari yig‘ilish kun tartibiga bag‘ishlangan ma’ruzalar qildilar. Yig‘ilish davomida pandemiyaga qarshi kurashda birgalikdagi sa’y-harakatlar, tashkilot iqtisodiyoti uchun pandemiya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishning ahamiyati va ShHT hududlarida «Milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish masalalariga qo‘shma yondashuvlar» yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv doirasida «O‘zmilliybank» AJ MSBni moliyalashtirish modelidan samarali foydalangan holda pandemiya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish, ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirishni davom ettirish va innovatsion tuzilmaviy modellarni joriy etish orqali yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni taklif qildi. Shuningdek ShHT platformasida axborot almashinuvini chuqurlashtirish orqali o‘zaro munosabatlarni yanada faollashtirish tashabbusi bildirildi.

Xitoy Davlat taraqqiyot banki raisi Ch.Xuan iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va tiklash uchun maxsus kredit dasturi tashkil etilganini e’lon qildi. O‘zaro manfaat tamoyili asosida mintaqaviy ta’minot va ishlab chiqarish zanjirini barqarorlashtirish, shuningdek, «Katta ma’lumotlar», sun’iy intellekt va aqlli shahar tushunchalarini hisobga olgan holda yangi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga e’tibor qaratish taklif etildi.

VEB.RF davlat taraqqiyot korporatsiyasi raisi I. Shuvalov pandemiya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Yo‘l xaritasi» savdo va investitsiyalarga turtki berishini va pandemiya oqibatlariga qarshi kurash sohasidagi ilg‘or tajriba almashinuvini kengaytirishini aytib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, «Yo‘l xaritasi» ShHT makonida istiqbolli loyihalar bazasini shakllantirish, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, shu jumladan, yashil moliyalashtirishni rivojlantirish uchun innovatsion mexanizmlar va vositalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.

ShHT makonida milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish uchun qo‘shma yondashuvlar bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ShHTga a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishining yangi nuqtalarini aniqlashga, o‘zaro savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirishga yordam beradi. ShHT hududida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda milliy valyutada moliyalashtirish amaliyoti ulkan salohiyatga ega.

Shunday qilib, o‘tgan yili «O‘zmilliybank» AJ MSB loyihalarini moliyalashtirish uchun GBRKdan 500 million yuan miqdorida kredit liniyasini jalb qildi. ShHT makonidagi «Bir kamar, bitta yo‘l» dasturi doirasida Xitoydan kelgan boshqa sheriklar bilan hamkorlik faol davom etmoqda.

Shu bilan birga, «VEB.RF» davlat taraqqiyot korporatsiyasi bilan hisob-kitoblar Rossiya rublida amalga oshiriladigan yuqori texnologik uskunalarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar amalga oshirilmoqda. Hozirda Rossiya tomoni Rossiya eksport markazini jalb qilgan holda loyihalarni imtiyozli shartlar asosida rublda moliyalashtirishning yangi mexanizmlari ustida ishlamoqda.

Umuman olganda, Kengash yig‘ilishida a’zo banklar rahbarlari «VEB.RF» davlat taraqqiyot korporatsiyasiga ShHT Banklararo birlashmasi Kengashining platformasida raislik qilganligi va muhim natijalarga erishganligini yuqori baholadilar.

Tadbir natijasida a’zo banklar tashkilot iqtisodiyoti uchun pandemiya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» va ShHT makonida «Milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma yondashuvlar» kabi muhim hujjatlarni imzoladilar.

2021 yilga qadar ShHT Banklararo birlashmasi Kengashiga raislik qilish Tojikistonning «Amonatbank» davlat omonat bankiga topshirildi.

Ma’lumot uchun: ShHT Banklararo birlashmasi Kengashi 2005 yil 26 oktyabrda ShHT doirasidagi banklararo hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq tuzilgan. ShHT makonida amalga oshirilgan va ShHTga a’zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va bank mexanizmi sifatida xizmat qiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring