Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qonun nimani o‘zgartiradi?

Yangi qonun nimani o‘zgartiradi?

Markaziy bank yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi, deb xabar berdi Norma.

22 oktyabrdagi Qonun investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritishdagi ishonchini mustahkamlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega. Garov bozorining shaffofligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning rivojlanishiga xizmat qiladi, deyiladi xabarda. 

 Yangi hujjat olib boradigan asosiy ijobiy o‘zgarishlar:

  • u ko‘char mulklarning ta’minot bozoriga jadal kirib borishi hisobiga tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash uchun sharoit yaratadi;
  • garov reyestri orqali ta’minotlar bozorining shaffofligiga olib keladi va barcha bozor ishtirokchilari o‘z xavf-xatarlarini tug‘ri va oqilona baholashiga yo‘l ochib beradi;
  • ko‘char mulklar ishtirokida moliyaviy bozor yanada rivojlanib, unda faqatgina banklar asosiy ishtirokchi sifatida emas, balki boshqa professional ishtirokchilarning paydo bo‘lishiga yordam beradi;
  • chet-el investorlarining mazkur yaratilayotgan tizim orqali milliy iqtisodiyotimizga bo‘lgan ishonchi ortib boradi va o‘z biznesini va mahalliy hamkorlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda o‘z xatarlarini boshqarish instrumentlari yaratiladi hamda ular investitsiya kiritish bo‘yicha qabul qiladigan qarorlarining muddatlari sezilarli darajada qisqartirilishiga xizmat kiladi;
  • ajratiladigan kreditlar, mikrokreditlar va boshqa qarz majburiyatlarining operatsion xarajatlari keskin kamaygan holda kreditlar bo‘yicha xatar foizlarining pasayishiga olib keladi.  

Shu bilan birga, bu O‘zbekistonning kredit olish indeksi, mamlakatda ishbilarmonlik va investitsiya muhiti darajasi bo‘yicha xalqaro reytinglari, shu jumladan «Doing Business» reytingini oshirish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring