Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yanvar oyida naqd pul aylanmasi hajmi 7 foizga oshdi — Markaziy bank

Yanvar oyida naqd pul aylanmasi hajmi 7 foizga oshdi — Markaziy bank

Foto:«Xabar.uz»

Markaziy bank matbuot xizmati naqd muomalasi bo‘yicha qisqacha sharhni e’lon qildi.

2021-yil yanvar oyida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 32,1 trln. so‘mni tashkil etgani holda 2020-yil yanvar oyiga nisbatan 7 foizga oshdi.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 17,0 trln. so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar 15,1 trln. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar oyida banklar kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020-yil yanvar oyiga nisbatan 6,7 foizga oshishi kuzatilgan bo‘lsa, mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 1,7 trln. so‘mga (1,5 barobar) o‘sishi hisobiga yuzaga keldi.

Natijada banklardan berilgan naqd pullar tarkibida bank kartalaridan yechib olingan naqd mablag‘lar ulushi 25 foizdan 35 foizga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring