Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlarga tadbirkorlik uchun ajratiladigan kreditlar sharti ma’lum qilindi

Yoshlarga tadbirkorlik uchun ajratiladigan kreditlar sharti ma’lum qilindi

Yoshlar tomonidan sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratish shartlari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, Normativ huquqiy asoslar quyidagilardan iborat:

1.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2021 yildagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088 sonli qarori;

2.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2021 yildagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 294-sonli qarori.

Kredit maqsadi: Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish

Kredit liniyasi miqdori: respublika bo‘yicha 100 mln. AQSh doll.

Kredit oluvchi: yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan yosh tadbirkor;

Kreditlashning ustuvor yo‘nalishlari: yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlarning investitsion loyihalari;

Kredit miqdori: bir tadbirkorlik sub’yekti uchun kreditlash miqdori
100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha;

Kredit muddati: 7 yil, shu jumladan imtiyozli davr 3 yilgacha;

Foiz stavkasi:
Milliy valyutada - 14 foiz;
Xorijiy valyutada – 3 foiz.

Kredit ta’minoti:
1. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi (kredit summasining 50 foizigacha miqdorida, biroq
500 mln.  so‘mdan oshmagan miqdorda);

2. Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta polisi (kreditlarning 50 foizigacha miqdorida, biroq 500 mln.  so‘mdan oshmagan miqdorda).

Moliyalashtiruvchi banklar: O‘zmilliybank, Asakabank, Xalq banki, Ipoteka-bank, O‘zsanoatqurilishbank, Agrobank, Turonbank, Aloqabank, Mikrokreditbank, Qishloqqurilishbank.

Shuningdek yoshlarning innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalash uchun kreditlar ajratish shartlari ham ma’lum qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-sonli Farmoniga asosan quyidagilar amalga oshiriladi.

Kredit maqsadi: Yoshlarning innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish

Kredit liniyasi miqdori: respublika bo‘yicha 100 mln. AQSh doll.

Kredit oluvchi: yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan yosh tadbirkor;

Kreditlashning ustuvor yo‘nalishlari: yoshlarning startap va biznes loyihalari, yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan loyihalari;

Kredit miqdori: bir tadbirkorlik sub’yekti uchun kreditlash miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobari (ya’ni, 245 mln.so‘m) dan 100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha;

Kredit muddati: 7 yil, shu jumladan imtiyozli davr 3 yilgacha;

Foiz stavkasi: Milliy valyutada - 14 foiz.

Kredit ta’minoti: Mol-mulk, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi, sug‘urta polisi, uchinchi shaxs kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari.

Moliyalashtiruvchi bank: O‘zmilliybank.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring