Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zafar Hoshimov: «Nahotki, deputatlarmiz hali ham tadbirkorni majburlab, unga yaxshilik qilyapmiz deb ishonishadi?»

Zafar Hoshimov: «Nahotki, deputatlarmiz hali ham tadbirkorni majburlab, unga yaxshilik qilyapmiz deb ishonishadi?»

Zafar Hoshimov.

Foto: «imperiya.by»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar kun tartibiga kiritilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar. Bu O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish davomida Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi deputatlari tomonidan xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribasini o‘rganishga e’tibor qaratishgani ma’lum qilindi. Chunonchi, tadbirkorlar birlashmalariga majburiy a’zolikning kiritilishi biznes hamjamiyatini o‘zaro uyg‘unlashtiradi va iqtisodiyotning umuman rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi, deyiladi axborotda.

Ushbu xabar yuzasidan «Korzinka.uz» tarmog‘i asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov telegramdagi kanali orqali o‘z munosabatini bildirdi:

— Nahotki, deputatlarimiz hali ham tadbirkorlarni majburlab, ularga yaxshilik qila olishlariga ishonsalar? Nahotki, tadbirkorlarimiz o‘z manfaatlarini shunchalik bilmaydilar-ki, buni deputatlar ulardan ko‘ra yaxshiroq tushunishsa? Hech kimni yaxshi va manfaatli ishga majburlash zarur emas. Agar shu uyushmalar tadbirkorlar uchun qulaylik yaratib, ularning huquqlarini muhofaza qila olsa, tadbirkorlar bu tashkilotlarga o‘z xohishlari bilan kiradi. Aks holda, majburlash tadbirkorlar hayotiga hech qanday ijobiy hissa qo‘shmaydi. Tadbirkorlik va innovatsiyalarning eng asosiy omillari bu — fikr, uyushma va faoliyat erkinligidir.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring