Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 ming talabaga turar joy tayyorlandi (foto)

10 ming talabaga turar joy tayyorlandi (foto)

Foto: Xalqaro press-klub

Yangihayot tumanida joylashgan «Tashkent Index» majmuasida 10 mingga yaqin talabalar uchun vaqtinchalik yotoqxonalar tashkil etilmoqda.

Qayd etilishicha, bu yerda yoshlar uchun kerakli sharoitlar yaratilmoqda. Bir hafta davomida qo‘shimcha shkaf va kerakli moslamalar ham taqdim etiladi. Har bitta xonaga konditsioner o‘rnatilib, oynalar pardalar bilan berkitiladi. Qizlar uchun alohida, o‘g‘il bollar uchun alohida xonalar tashkil etiladi. Ovqat qilish uchun maxsus joylar ham yaratiladi.

Ichki ishlar, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan xavfsizlik ta’minlab boriladi. Talabalarning dam olish kunlari mazmunli o‘tishi uchun velosiped va boshqa jihozlar ham taqdim etiladi. Majmuadan metroning yaqin bekatlarigacha uzun navbatlarni oldini olish maqsadida shattl-baslar yo‘lga qo‘yiladi.

Ayni damda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Toshkent shahrida joylashgan oliygohlar rektorlari, shuningdek, Toshkent shahar hokimi va boshqa mutasaddilar talabalar uchun kerakli sharoitlarni yaratish bo‘yicha fikr almashishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring