Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

117 yoshli onaxon «sandiq» kalitlarini hamon o‘zida saqlamoqda

117 yoshli onaxon «sandiq» kalitlarini hamon o‘zida saqlamoqda

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat 2-sektor rahbari R.Masharipov Guliston tumani sektor rahbarlari bilan birgalikda Guliston tumani, Ibrat mahallasida yashovchi viloyatdagi yoshi ulug‘ onaxonlar hamda kambag‘al va kam ta’minlangan oilalar uylariga tashrif buyurib, barchalarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

Jumladan, viloyatda eng yoshi ulug‘ bo‘lgan onaxon Guliston tumani, Ibrat mahallasida yashovchi 117 yoshli Misol ona Hasanovani ( 1903 yilda tug‘ilgan) holidan xabar olinib, onaxonni bayram bilan tabriklab, esdalik sovg‘alarni topshirdilar.

Misol ona 117 yoshni qarshilayotgan bo‘lsada, farzandlarining oilalari to‘la-to‘kis bo‘lishini ta’minlash maqsadida ro‘zg‘or xarajatlarini «sandig‘i»ni o‘zlari boshqarib kelmoqdalar.

Sirdaryo viloyat prokuraturasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring